Germaniyaning Drezden Texnika Universitetining Ilg'or tadqiqotlar instituti Shtudiienkolleg direktori Dr.Andrea Shtryutsel xonim FarDU akademik litseyiga tashrif buyurdilar. Akademik litseyga kelishdan asosiy maqsad 3 tomonlama shartnoma tuzishga muzokalar olib borish hamda akademik litsey o'quvchilari bilan uchrashish, ularni bilim salohiyatlarini sinovdan o'tkazish, shu bilan bir qatorda Farg'onada nemis tilini o'rganayotgan o'quvchilarga Germaniyaning Drezden Texnika Universitetining Ilg'or tadqiqotlar Institutining O'zbekistonda tashkil etilgan Shtudiienkollegini taqdimot qilish edi.









