Farg'ona davlat universiteti akademik litseyi Germaniyaning ZFA loyihasi a'zosi hisoblanadi. Har yili litsey o'quvchilari Sprachdiplom olish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari ko'plab loyihalar va seminarlar ham olib boriladi.
28-29 sentabr kunlari litseyga ZfA koordinatori Svetlana Lyubavina xonim tashrif buyurdi va 2 kun davomida o'qituvchilar hamda o'quvchilar uchun seminarlar olib bordi.
Joriy yilning mart oyida DSD I- imtihon topshirgan o'quvchilarning til sertifikatlarini akademik litsey direktori H. Sharipov bilan birgalikda topshirdilar.









