FarDU akademik litseyi o'quvchi qizlari bilan viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari X.Komilova va “Mehrjon” ayollar va bolalar markazining oliy toifali terapevt-ginekologi M. Burnasheva ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida mas’ullarning “Diniy va dunyoviy tarbiya” va “Reproduktiv salomatlik va o‘smirlar fiziologiyasi” mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan mavzularga oid savollarga javoblar oldilar.









