Joriy yilning 16-sentyabr kuni akademik litsey 1-bosqich o‘quvchilarining ota-onalari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazildi. Yig‘ilishlar davomida ota-onalarga akademik litseydagi mavjud shart-sharoitlar, ichki tartib-qoidalar va boshqa ko‘plab masalalarda batafsil ma’lumotlar berildi. Yoshlarning ta'lim va tarbiyasiga oid muhim masalalarni birgalikda hal etishga o‘zaro kelishib olindi.









